31 Avgust 2021 yil 379

Ekspert-kriminalistika bo‘limi xodimlari o‘g‘rini fosh etdi.

2021 yil 26 avgust kuni, Namangan tumanida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 13:30 larda M-412 rusumli avtomashinasini eshiklarini ochiq holda qarovsiz qoldirganligidan foydalangan noma'lum shaxs, avtomashinasida qoldirgan narxi 3.500.000 so‘mlik “Samsung A51” rusumli uyali telefon apparatini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Namangan tuman IIB TEQKG tezkor vakillari va EKG katta eksperti tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan tumanida yashovchi, 2018 yilda O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan sudlangan, 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.

Bundan tashqari 2021 yil 25 avgust kuni, Namangan tumanida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro bilan Namangan tumanida joylashgan oshxonada birga o‘tirib, 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro spirtli ichimlik iste'mol qilib uxlab qolganligidan foydalanib, yonida bo‘lgan 200.000 so‘m pullarini o‘g‘irlaganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 26 avgust kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech