26 Iyul 2021 yil 357

Ekskovatorning ehtiyot qismlarini uchqo‘rg‘onlik 5 yigit o‘g‘irlab ketdi.

2021 yil 25 iyul' kuni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 19 iyul' kunidan 21 iyul' kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs, Davlatobod tumanidagi ekskovatorlar turargohida qarovsiz qoldirgan “Xunday 55w” rusumli ekskovatorining narxi 4.500.000 so‘mlik kichik kovushini va narxi 16.000.000 so‘mlik gidromotorini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.Davlatobod tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan va mahalladoshlari, 1994 yilda tug‘ilgan, 1993 yilda tug‘ilgan, 1992 yilda tug‘ilgan hamda 1996 yilda tug‘ilgan fuqarolar sodir etganliklari aniqlangan.Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 25 iyul' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech