5 Iyun 2023 yil 220

Ekinlar orasidan “ko‘knor” o'simligi topildi

2023-yil 12-may kuni o‘tkazilayotgan “Qoradori-2023” tadbiri davomida Uchqo‘rg‘on tuman IIB xodimlari tomonidan tumandagi “Obod” mahallasida yashovchi 1969-yilda tug‘ilgan fuqaroning yashash uyi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, hovlisidagi ekinlari orasida 30 tup ko‘knor o‘simligini parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun olingan.

Namangan viloyati IIB EKMning xulosasiga ko‘ra, ushbu 30 tup o‘simlik tarkibida giyohvand modda saqlovchi “ko‘knor” o‘simligi ekanligi ko‘rsatilgan. Mazkur holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan JKning 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech