15 Yanvar 2021 yil
385
Ehtiyotsizlik sabab haydovchi vafot etdi.
Joriy yil 12 yanvar' kuni soat 21:30 larda Norin tumani Mirsultonchek-Xaqqulobod yo‘lining 2 km.da Matiz rusumli avtomashinani ishonch qog‘ozi bilan boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lning o‘ng chetidagi simyog‘ochga borib urilgan. Natijada, avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchi bosh miya yopiq shikasti, bo‘yin sohasini yopiq sinishi tashhisi bilan shifoxonaga yotqizilib, ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, shu yil 14 yanvar' kuni soat 16:00 larda vafot etgan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huxuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati