27 Aprel 2021 yil 832

Ehtiyotsizlik oqibatida 2 yoshli bola avtomashina tagida qolib ketdi.

Joriy yil 25 aprel' kuni soat 12:45 larda, Namangan shahrida yashovchi 1978 yilda tug‘ilgan fuqaro «KIA BONGO III» rusumli avtomashinasini tegishli hujjatlar bilan boshqarib, Yangiqo‘rg‘on tumanida yakka tartibdagi xususiy tadbirkor bo‘lib ishlovchi, 1988 yilda tug‘ilgan fuqaroning yashash xonadoniga kelib, avtomashina yukxonasida bo‘lgan muzqaymoqlarni tushirib, qaytib ketish maqsadida, transport vositasini orqa tomonga harakatlantirgan vaqtida, uy orqa tomonida bo‘lgan uy egasining 2 yoshli o‘g‘lini bosib yuborgan. Natijada, bola voqea joyida vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech