E ' L O N !
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 26.05.2021 yildagi “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida magistratura faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga asosan, har yili 1 aprel' kunidan 1 sentyabr kuniga qadar Magistraturaning II darajadagi “tashkiliy-taktik boshqaruv” hamda I darajadagi “tashkiliy-strategik boshqaruv” mutaxassisliklari bo‘yicha nomzodlar tanlovini o‘tkazilishi belgilangan.
Magistraturaga xodimlarning bildirgilarini qabul qilish Akademiyaning magistr.akadmvd.uz veb-sayti orqali elektron shaklda joriy yilning 1 may kuniga qadar amalga oshiriladi.
Magistraturaning II darajadagi “tashkiliy-taktik boshqaruv” mutaxassisligiga - oliy ma'lumotli, ichki ishlar organlarida kamida 3 yillik amaliy ish stajiga ega (bunda kunduzgi ta'lim shaklidagi o‘qish muddati inobatga olinmaydi), shundan so‘nggi 1 yilini boshqarmaning sohaviy xizmatlari bo‘linma boshliqlari, ularga tenglashtirilgan va undan yuqori bo‘lgan boshqa lavozimda xizmat o‘tab kelayotgan xodimlar hamda I darajadagi “tashkiliy-strategik boshqaruv” mutaxassisligiga – boshqarma sohaviy xizmatlari, mustaqil boshqarmalar boshliqlari, ularga tenglashtirilgan va undan yuqori bo‘lgan boshqa lavozimdagi xodimlar, tuman (shahar) IIBlari boshliqlari tanlov asosida qabul qilinadi.
Batafsil ma'lumot olish uchun Kasbiy tayyorgarlik bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin.