1 Fevral 2021 yil 446

DXX va IIB xodimlari tomonidan narkotik savdosiga chek qo‘yildi.

Joriy yil 29 yanvar' kuni Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, Farg‘ona viloyatida yashovchi fuqaro unga qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasidan giyohvand moddasi o‘tkazishda yordam berishni so‘raganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Shu kuni soat 16:00 larda, DXX Uchqo‘rg‘on tuman bo‘limi va Uchqo‘rg‘on tuman IIB xodimlarini hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida, Farg‘ona viloyatida yashovchi, muqaddam sudlangan xususiy tadbirkor Uchqo‘rg‘on tumani hududidan o‘tuvchi Qirg‘iziston Respublikasi hamda O‘zbekiston Respublikasini ajratib turuvchi chegara orqali bojxona nazoratini chetlab, kontrabanda yo‘li bilan qirg‘iz millatiga mansub shaxsdan ko‘p miqdordagi giyohvandlik moddasini qonunga xilof ravishda, Toshkent shahrida yashovchi shaxsga o‘tkazish maqsadida “Uchqo‘rg‘on dehqon” bozori oldidan o‘tuvchi avtomobillar qatnov yo‘lida, Damas rusumli avtomashinasida olib ketayotgan vaqtida, jinoyatini oxiriga yetkaza olmay, DXX Uchqo‘rg‘on tuman bo‘limi va tuman IIB xodimlari tomonidan ushlangan.

Tergovga qadar tekshiruv mobaynida, Damas rusumli avtomashina o‘rta o‘rindig‘i tagidan oq rangli sellofan paketga o‘ralgan, bir bo‘lak, nogeometrik shakldagi, yumshoqroq, o‘tkir hidli, to‘q jigarrang-qoramtir giyohvandlik moddasiga o‘xshash modda borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun bayonnoma orqali IIBga olingan.

Namangan viloyati IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddaning sof og‘irligi 651,01 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyat IIB Axborot xizmati

Text to speech