5 Fevral 2021 yil 565

Do‘konni tunab ketgan yigit qo‘lga tushdi.

Shu yil 3 fevral' kuni Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat qilib, unda shu kunga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, Yangiqo‘rg‘on tumanida joylashgan oziq-ovqat do‘koniga derazasi tuynugi oynasini sindirib kirib, do‘kon kassasida bo‘lgan 2.300.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni shu tumanda yashovchi 22 yoshli fuqaro sodir etganligi aniqlangan va undan daliliy ashyo olingan.

Hozirda ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech