Do‘kondorni chalg‘itib pulini o‘margan qiz
2021 yil 10 iyul' kuni, Norin tumanida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, joriy yilning 9 iyul' kuni soat 13:00 larda, shu tumanda joylashgan savdo do‘koniga bir nafar shaxsi noma'lum ayol kirib, unga turli mahsulotlar olishini aytib, chalg‘itib, savdo do‘koni kassasida bo‘lgan 1.200.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Norin tuman IIB boshlig‘ining 1-o‘rinbosari va JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Andijon viloyati Ulug‘nor tumanida yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan ayol sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Norin tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 10 iyul' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati