29 Iyul 2023 yil 207

Do‘kondan uyali aloqa vositalarini o‘g‘irlagan shaxs ushlandi

2023-yil 19-iyul kuni Namangan tumanida yashovchi, 1993-yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 14-iyun kuniga o‘tar kechasi nomaʼlum shaxs Namangan tumani Anjirzor MFYda joylashgan savdo do‘koni eshik qulfini buzib kirib, savdo rastasida bo‘lgan umumiy narxi 43.000.000 so‘mlik 28 dona uyali telefon apparatlarini o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Namangan viloyati IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Namangan shahrida yashovchi, 2004 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech