25 Mart 2022 yil 283

Do‘kondan telefon o‘g‘irlagan “Shovvozlar” daliliy ashyolar bilan qo‘lga olindi.

2022 yil 24 mart kuni Namangan viloyati IIB JQB katta tezkor vakili va Uchqo‘rg‘on tuman IIB JQB katta tezkor vakili tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, 2021 yil 20 dekabr kuniga o‘tar kechasi, o‘g‘irlik jinoyatini sodir etgan shaxslar aniqlanib, qo‘lga olindi.

Mazkur shaxslar Uchqo‘rg‘on tumani Ulug‘bek MFY Do‘stlik ko‘chasida joylashgan “Ishonch” MChJ do‘koniga orqa tomondagi derazasini buzib kirib, do‘konda bo‘lgan narxi 110.660.000 so‘mlik 24 dona uyali telefon apparatlarini o‘g‘irlab ketgan.

Holatga aloqador bo‘lgan ikki nafar shaxsdan daliliy ashyolar olinib, O‘z.R JPKning 221-moddasi tartibida ushlanganlar.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech