10 Mart 2021 yil 386

Do‘kondan 5 400 000 so‘mlik telefonlar o‘g‘irlandi.

Joriy yil 4 mart kuni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kunga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, Yangiqo‘rg‘on tumani “Dexqon bozori” hududida joylashgan savdo do‘koniga eshik qulfini buzib kirib, umumiy narxi 5.400.000 so‘mlik 3 turdagi uyali telefon apparatlarini va bir dona “Aser” nomli noutbukini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Viloyat hududida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va IIVning 2021 yil 20 fevraldagi qo‘shma farmoyishiga asosan o‘tkazilayotgan “Zarbdor oyligi” va “Antiterror-Tozalash” tadbirlari davomida, olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Yangiqurg‘on tumanida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech