6 Fevral 2021 yil 405

Do‘kondagi sumka o‘g‘risi qo‘lga tushdi.

Joriy yil 5 fevral' kuni Pop tumanida yashovchi 1961 yilda tug‘ilgan ayol IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda shu kuni soat 13:00larda noma'lum shaxs Pop tumanida joylashgan parfyumeriya do‘konida stol ustida bo‘lgan ayollar sumkasi va ichida bo‘lgan 2 dona fuqarolik pasporti, 1 dona bank plastik kartochkasi va 1.500.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Pop tuman IIB JQB tezkor vakillari va HPB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni Pop tumanida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyat IIB Axborot xizmati

Text to speech