28 Fevral 2022 yil 470

Do‘konda o‘g‘irlik sodir etgan ayol PPX xodimlari tomonidan qo‘lgan olindi

2022 yil 25 fevral kuni, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 18:30 larda, Namangan shahar Davlatobod tumani hududida joylashgan savdo majmuasida savdo qilayotgan vaqtida, noma'lum shaxs, uning e'tiborsizligidan foydalanib savdo do‘konidan umumiy narxi 1380.000 so‘mlik 2 dona bolalar kurtkasi, bir dona bolalar kiyimi va bir dona bolalar choyshabini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Viloyat IIB PPXvaJTSB PPXB 1-otryad xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahar Yangi Namangan tumanida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan ayol sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 26 fevral kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech