Do‘konda o‘g‘irlik qilgan ayol ushlandi.
Joriy yil 27 aprel' kuni, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 10:00 larda, Namangan shahar Navoiy ko‘chasida joylashgan “Sardoba” bozoridagi xo‘jalik mollari savdo do‘konida savdo qilib turganligidan foydalangan noma'lum shaxs, do‘kondan umumiy narxi 2.000.000 so‘mlik har-xil turdagi xo‘jalik mollarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Namangan shahar IIO FMB 2-sonli IIB JQB tezkor vakili tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan ayol sodir etganligi aniqlangan va daliliy ashyo olingan.
Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati