16 Mart 2021 yil 393

Do‘kon devorini teshib kirib buyumlarni o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi.

Joriy yil 8 mart kuni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, shu kunga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, Yangiqo‘rg‘on tumanida joylashgan savdo do‘koniga devorini teshib kirib, umumiy  narxi 450 AQSh dollarlik 13 dona “Artel” rusumli, umumiy narxi  7 mln. so‘mlik 9 dona “Samsung” rusumli telefon apparatlari va do‘kondagi temir seyfning qulfini buzib, 370 AQSh dollari va 1.500.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Viloyat hududida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va IIVning 2021 yil 20 fevraldagi qo‘shma farmoyishiga asosan o‘tkazilayotgan “Zarbdor oyligi” va “Antiterror-Tozalash” tadbirlari davomida, tuman IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech