28 Fevral 2022 yil 431

"Diqqat piyoda" targ‘ibotlar davom etmoqda

Namangan viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan "Diqqat piyoda" oyligi doirasida shahardagi maktablarda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. Unda o‘quvchilarga harakat qoidalariga rioya qilish, belgilanmagan joylardan yo‘lni kesib o‘tmaslik, yer osti yo‘llari yoki piyodalar o‘tish yo‘laklaridan foydalanish, svetofor ishoralariga muntazam amal qilish borasida tushuntirish ishlari olib borilib, o‘quvchilarning yo‘l harakati qoidalari borasidagi bilimlari turli savollar orqali sinovdan o‘tkazildi.

Shuningdek targ‘ibot davomida xodimlar piyodalar bilan bog‘liq sodir bo‘lgan ayanchli avtohalokatlar hamda ularga yetaklagan omillar haqida to‘liq ma'lumotlar berib, o‘quvchilarni hushyorlikka va namunali harakat targ‘ibotchisi bo‘lishga chaqirishdi.

Uchrashuv so‘ngida yo‘l qoidalarini o‘zida aks ettirgan bukletlar taqdim etildi.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech