DIQQAT TANLOV! Namangan viloyati Iсhki ishlar boshqarmasi Ichki ishlar organlari xizmatiga nomzodlar tanlovini e'lon qiladi
Xizmatga tanlov asosida, ixtiyoriy tartibda yoshi o‘n sakkizdan kichik va o‘ttizdan katta bo‘lmagan, shu jumladan o‘ttiz yoshdagi ham, psixolog, pedagog va huquqshunoslik mutaxassisliklari bo‘yicha oliy ma'lumotga ega bo‘lgan, sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi.
Bunda, bo‘yi 165 sm.dan past bo‘lmagan (ayollar uchun 160 sm.dan past bo‘lmagan) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruv rezervida harbiy xizmatni o‘tagan, yoxud oliy o‘quv yurtlarida harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan bo‘lishi kerak.
Tanlovda ishtirok etishi istagini bildirgan nomzodlar joriy yilning 15 dekabr' sanasiga qadar yashash xududlarida joylashgan Ichki ishlar organlarining Kadrlar bilan ta'minlash bo‘limlariga quyidagi hujjatlarni aslini ko‘rsatgan holda murojaat etishlari mumkin:
- Fuqarolik pasporti;
- Harbiy guvohnoma;
- Oliy ta'lim muassasasini yakunlaganligini tasdiqlovchi hujjat (diplom).
Tanlov o‘tkaziladigan joy va boshlanish vaqti alohida yetkaziladi.
Ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bo‘lgan, shuningdek oliy ta'lim muassasalarini imtiyozli diplom bilan tamomlagan nomzodlar istisno tariqasida, tanlab olish tadbirlarining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bosqichidan ozod etiladi.
Namangan viloyati IIB MMIvaKBT xizmati Kadrlar bilan ta'minlash bo‘limi