29 Mart 2021 yil 382

Devorga ilingan paketdan “Marixuana” topildi.

Joriy yil 17 mart kuni viloyat hududida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va IIVning 2021 yil 20 fevraldagi qo‘shma farmoyishiga asosan o‘tkazilayotgan “Zarbdor oyligi”, “Antiterror-Tozalash” va “Qoradori-2021” tadbirlari doirasida Kosonsoy tuman IIB va DXX tuman bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi. Unda Kosonsoy tumanida yashovchi, 1966 yilda tug‘ilgan fuqaroning yashash uyi holislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, oshxonasidagi devorga ilib qo‘yilgan qora rangli polietilen paketda 4 bo‘lak qog‘ozga o‘ralgan hamda muzlatgichini orqa tomonidan oq rangli polietilen paketga o‘ralgan o‘tkir hidli, och-yashil-sarg‘imtir rangli, quruq holatdagi maydalangan o‘simlik borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun olingan.
Namangan viloyati IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddalarning sof og‘irligi 30,1 gramm bo‘lgan “Marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech