Devor teshib kirgan o‘g‘ri ko‘p miqdordagi pullarni o‘mardi.
2022 yil 10 mart kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro aloqa xati bilan murojaat qilib, shu kunga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, Namangan tumani Ravnaq MFY hududida joylashgan MChJga qarashli ishlab chiqarish sexidagi xonasiga devorni teshib kirib, xonada bo‘lgan 37.960.000 so‘m pul va 1950 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Tuman IIB JQB tezkor xodimlari va HPMB profilaktika inspektori tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni Namangan shahrida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 10 mart kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati