18 Avgust 2021 yil 343

Devor oshib qilingan o‘g‘irlik fosh etildi.

2021 yil 14 avgust kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni yashash xonadonida hech kim yo‘qligidan foydalangan noma'lum shaxs, hovlisiga devor oshib kirib, mehmonxonasidagi stol ustida turgan 4.000.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Namangan shahar IIO FMB 2-sonli IIB JQB tezkor vakili tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 17 avgust kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech