Devor oshib o‘tgan o‘g‘ri qo‘lga olindi.
Shu yil 28 fevral' kuni, Chortoq tumanida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kunga o‘tar kechasi, o‘ziga tegishli bo‘lgan Chortoq tumanida joylashgan kottedjida hech kim yashamasligidan foydalangan noma'lum shaxs, devor oshib kirib, uy ichida bo‘lgan umumiy narxi 2.000.000 so‘mlik 4 dona isitish batareyalarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Namangan viloyati hududida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va IIVning 2021 yil 20 fevraldagi qo‘shma farmoyishiga asosan o‘tkazilayotgan “Zarbdor oyligi” va “Antiterror-Tozalash” tadbirlari davomida, tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Chortoq tumanida yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Chortoq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati