Devor osha o‘g‘irlangan velosiped
2021 yil 9 iyul' kuni, Chortoq tumanida yashovchi, 1973 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu kunga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, yashash uyiga devor oshish yo‘li bilan kirib, oshxonasida bo‘lgan narxi 1.400.000 so‘mlik velosipedini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Chortoq tuman IIB JQB katta tezkor vakili va tezkor vakillar tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Chortoq tumanida yashovchi, 2020 yilda O‘z.R JKning 226-moddasi 1-qismi bilan sudlangan, 1979 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Chortoq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 9 iyul' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati