1 May 2021 yil
401
Devor bilan o‘ralmagan xonadondagi qora mol o‘g‘irlab ketildi.
Joriy yil 28 aprel' kuni, Mingbuloq tumanida yashovchi 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 26 mart kuniga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, yashash hovlisi devor bilan o‘ralmaganligidan foydalanib, molxonasida bo‘lgan narxi 2.100.000 so‘mlik bir bosh molini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan va daliliy ashyo olingan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati