26 May 2022 yil 6606

Depressiyadan chiqish usullari!

Depressiyadan chiqishni xohlasangiz, avvalo miyangizdagi fikrni o‘zgartirish lozim. Depressiya – bu irodasizlik, baxt – bu iroda, depressiya – bu kasallik, sog‘lik – bu baxt, depressiya – bu yig‘lash, baxt – bu tabassum. Sog‘likni shakllantirish ham bilim, kasallik bilan fikrlash ham bu sizning miyangiz bilgan bilimlar to‘plami xolos. Qanday qilib kasallikda nolish, og‘riqni yenga olmasdan shifokordan-shifokorga yugurish ham miya ishlab chiqargan o‘ziga xos maqsad va ehtiyojlar to‘plamidir. 

Tushkunlikdan chiqish usullari

1 qoida. Ikki xil psixologiyali insonlar bo‘ladi: birovlari “men kasalman” deyishsa, birovlari “men sog‘lomman biroz charchoq kelibdi, o‘tib ketadi” deb munosabat bildirishadi. 

Avvalo “mening qon bosimim bor”, “mening qandli diabetim bor” degan gaplaringizni o‘zgartiring. “Mening qandli diabetim” deganingizda siz bu kasalliklarni o‘zingizniki qilib go‘yoki organizmingiz ularni mehmon qilib o‘tirganga o‘xshaydi. Siz bu kasallik adashib kelib qolibdi, endi uni kuzataman, degan fikrga keling va “Men sog‘man, buning uchun kasalliklarni organizmimdan yo‘qota olaman” deb maqsad qo‘ying. 

2. O‘zingizga rahm qilmang. Siz o‘zingizni xo‘rlangan, azoblangan, qiynalgan, ezilgan holda tasavvur qilishdan to‘xtang. “Men omadsizman, mening kuchim yetmaydi, kuchlilar meni ezib qo‘yishadi” degan qo‘rquvchi va o‘zingizni qo‘rqituvchi fikrlarni uloqtiring. O‘zingizga shafqat qiling. shafqat shuki, siz o‘zingizni hurmat qilishingiz lozim. Bor imkoniyatingizga ishonch bildirishingiz lozim. 

3. Harakat, harakat va yana harakat.

Yosharmoqchimisiz – bu sog‘lik demakdir. Zudlik bilan keliningiz qiladigan yumushlarni bajarishga kirishing. Zudlik bilan miyangiz harakat qiladigan bilimlarni toping. “Qilishni istamayman, qilishni xohlamasligimning o‘zi depressiya bo‘lsa qanday qilib aytganlaringizni qila olaman” deysizmi? Yelkangizni o‘zingiz ko‘taring. Kutmangso‘ramang, qilib beringlar, demang! Kechgacha ovqat yemasangiz, hech kim qilib bermasa sizda ovqat tayyorlashga kuch keladi. 

4. Orzu qiling. Orzu bu miyangiz kelajakda qanday kuchlar to‘plab qo‘yishi lozimligi haqida miyangizga xat yozishingizdir. Orzu qilavering, bu miyani ishga soladi.

5. Muloqot qiling. Hayotingizda tanigan kuchli insonlar bilan ko‘proq suhbatlashing. Ular haqiqiy psixologlardir. Yoki xolisona sizni tinglay oladigan psixolog qabuliga murojaat qiling. Umuman olganda “depressiya” klinik holatdir, yaʼni uni shifokorlar xususan psixoterapevt yechadi. Shuning uchun shifokor psixoterapevtga murojaat qiling. 

6. Musiqa tinglang. Sizning ahvolingizni tasvirlaydigan “ko‘z yoshi bor” musiqadan boshlang. Endi bu “yig‘lovchi va yig‘latuvchi” musiqani joningizga tekkunicha eshtib, o‘rniga to‘y-bazm musiqasini qo‘yib farqini bir oq qog‘ozga yozing. Endi tanlang. Ichki musiqangizni o‘zgartiring. 

7. To‘yib uxlang. Yo‘q, tushkunlikdagi uyqu bu ko‘z yumib tush ko‘rishdir. Siz shunchalik kun bo‘yi yurib charchang va shunda miyangiz to‘yib uxlaydi. Buning uchun 10 kilometr yurishingiz kerak. 

8. Tabiatga sayrga chiqing. Sayr davomida atrofdagi manzaraga qarang. Qushlar ovozini eshiting. Siz baxtlisiz. Miyangizdagi salbiy fikrlarni unutishga harakat qiling va o‘zingizni tabiat bilan birga bo‘lganingizni tushuning va albatta Sizni depressiya bezovta qilmaydi.

Namangan viloyati IIB MMI va KBTX MMIB Psixologik taʼminlash guruhi.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech