Dehqonchilik mahsulotlariga ajratilgan pullar firibgarlar qo‘liga tushdi
2021 yil 5 dekabr' kuni, Toshkent shahar Sergeli tumanida yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 2020 yil noyabr' oyidan shu yil sentyabr' oyiga qadar, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan va To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan fuqarolar uni ishonchiga kirib, pomidor va boshqa mahsulotlarni dehqonlardan yig‘ib berishlarini aytib, jami 272.500.000 so‘m va 10.600 AQSh dollarini olib, pomidor va boshqa mahsulotlarni yetkazib bermay, ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Ushbu holat bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 20 dekabr' kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati