30 Aprel 2022 yil 693

Davlatobod tuman 3-sektor rahbari “ENG TASHABBUSKOR SEKTOR” nominatsiyasida faxrli o‘rinni qo‘lga kiritib, 40 million so‘m pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 23 avgustdagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 536-son Qarori bilan, barcha sektor rahbarlarini ish faoliyatlarini baholash (reyting) tizimi ishlab chiqilgan.Shuningdek, Qarorda sektorlar faoliyatini “eng namunali sektor” va “eng tashabbuskor sektor” nominatsiyalari bo‘yicha har yil yakunida baholanishi, baholash natijasi bo‘yicha g‘olib bo‘lgan sektorlarni rag‘batlantirish masalalari ko‘rsatib o‘tilgan.

Qarorga asosan, 2021 yil davomida samarali ish tashkil etganligi sababli Uchqo‘rg‘on tumani 3-sektori 85,2 ball bilan “aʼlo” baholanib, “yashil” toifaga, qolgan 12 ta 3-sektorlar faoliyatini “yaxshi” baholanib, “sariq” toifaga kiritilgan.

Reytingda “ENG TASHABBUSKOR SEKTOR” nominatsiyasi bo‘yicha Davlatobod tumani 3-sektor rahbari podpolkovnik Boyxanov Umidjon Obidjon o‘g‘li, viloyatdagi sektorlar bo‘yicha 2-o‘rinni egallaganligi sababli Ichki ishlar Vazirining 2022 yil 22 fevraldagi 46-sonli Buyrug‘i bilan 40 mln. so‘m pul mukofoti (bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravari miqdorida) bilan rag‘batlantirildi. Sektor rahbariga mukofot Namangan viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik T.Mamatkulov hamda Namangan shahar IIO FMB boshlig‘i G‘.G‘aniyev tomonidan topshirildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech