6 May 2025 yil
442
Davlatobod tumanidagi “Madaniyat markazi”da respublika ishchi guruhi va viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlarining aholini yashash hamda turmush sharoitlarini o‘rganish, mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida sayyor qabuli tashkil etildi
Unda Ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaat qilgan fuqarolar viloyat IIB boshlig‘i va IIVning masʼul rahbari tomonidan qabul qilindi.
Qabul davomida fuqarolarning 18 ta turli masalalardagi murojaatlari ko‘rib chiqildi va 12 tasi joyida ijobiy hal etilib, muddat talab etganlari esa masʼullarga biriktirildi hamda ijrosi alohida nazoratga olindi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati