25 Sentyabr 2025 yil 105

Davlatobod tumanida tungi xizmatga jalb etilgan xodimlarning faoliyati o‘rganildi

Ichki ishlar vazirligi va boshqarma rahbariyati tomonidan viloyatning barcha hududlarida xodimlarning kunduzgi hamda tungi xizmat faoliyatlari o‘rganilib, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish yuzasidan xizmatni samarali tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berilib, aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.

Jumladan, bugun Ichki ishlar vazirligi va Namangan viloyati IIB rahbariyati tomonidan Davlatobod tumanidagi "Yangi O‘zbekiston bog‘i" hududida tungi xizmatga jalb etilgan xodimlarga yo‘riqnoma o‘tkazildi. Unda aholi tinchligi va hudud osoyishtaligini taʼminlash, yo‘llarda harakat xavfsizligini kafolatlash hamda boshqa muhim masalalar yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

Shuningdek, tumanning "Yuqori G‘irvon" mahallasida joylashgan "Afsonalar bog‘i" tematik parki va ko‘p qavatli uylar atrofida ko‘rilgan xavfsizlik chora-tadbirlari hamda shu yo‘nalishda xizmat olib borayotgan xodimlarning faoliyati o‘rganildi va ularga qo‘shimcha ko‘rsatmalar berildi.

Bunday tungi o‘rganish ishlari tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech