12 May 2021 yil 398

Davlatobod tumanida telefon o‘g‘risi qo‘lga olindi.

Shu yil 7 may kuni, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 12:00 larda noma'lum shaxs, Namangan shahar Davlatobod tumanida joylashgan komp'yuter o‘yinlari xonasiga quvvatlash uchun qo‘ygan narxi 1.100.000 so‘mlik “Samsung-A21” rusumli uyali telefon apparatini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Namangan shahar IIO FMB Davlatobod tuman IIB JQB tezkor vakili tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, shu tumanda yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan va daliliy ashyo olingan.

Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB Davlatobod tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech