9 Oktyabr 2025 yil 59

Davlatobod tumani IIB xodimlarining faoliyati o‘rganilib, jinoyatchilik ahvoli muhokama qilindi

Boshqarma boshlig‘i rahbarligida o‘tkazilgan o‘rganish ishlari davomida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari ishtirok etib, bo‘lim faoliyati, xodimlarning o‘tgan davr mobaynidagi ish natijalari va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar atroflicha muhokama qilindi hamda masʼul rahbarlarning hisobotlari tinglandi.

Shuningdek, o‘rganish davomida tuman hududidagi vaqtincha saqlash hibsxonasi ham ko‘zdan kechirilib, yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi va xavfsizlik chora-tadbirlari tekshirildi.

Muhokamada yo‘l qo‘yilgan kamchiliklardan xulosa chiqarib, manzilli ishlarni tashkil etish, kunlik nazoratni kuchaytirish, xizmat va ijrochilik intizomini mustahkamlash, kelib tushayotgan xabarlar yuzasidan zudlik bilan tegishli chora-tadbirlarni belgilash hamda tergovga qadar tekshiruv va tergov sifatini yaxshilash bo‘yicha masʼul rahbarlarga aniq vazifalar belgilab berildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech