5 Avgust 2023 yil 244

Davlat yerini o‘zlashtirib olgan fuqaroga chora ko‘rildi

2023-yil 2-avgust kuni Chortoq tuman IIB huzuridagi TBda to‘plangan hujjatlarga ko‘ra tumanda yashovchi, 1969-yilda tug‘ilgan fuqaro “Oyqiron” MMTP hududidagi qishloq xo‘jaligi xaritasining 920q.-konturidagi yer maydonlarini tekislab, uy-joy uchun bino qurib hamda 0.03 gektar yer maydonini devor bilan o‘rab olib, sug‘oriladigan yer maydonlarida qurilish ishlarini amalga oshirib, o‘zboshimchalik bilan egallab olganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha jinoyat ishidan alohida jinoyat sifatida ajratib olinib, tuman IIB huzuridagi TB tomonidan JKning 2291-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech