Darvozasi ochiq qolgan xonadondan yo‘qolgan deraza romlari o‘g‘risi qo‘lga olindi
2021 yil 18 oktyabr' kuni, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 17 oktyabr' kuni soat 10:00 dan soat 10:30 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Kosonsoy tumanida joylashgan xususiy korxonasi darvoza eshigi ochiq qolganligidan foydalangan noma'lum shaxs, narxi 800.000 so‘mlik bir dona “Akfa” eshigini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Kosonsoy tumani IIB JQB tezkor vakili va HPMB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Kosonsoy tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 18 oktyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati