Daraxt tagidan “Marixuana” topildi
2021 yil 24 noyabr kuni Namangan shahar IIO FMB JQB tezkor vakili va HPMB profilaktika inspektorlari tomonidan, Namangan shahrida yashovchi, 2016 yilda O‘z.R JKning 276-moddasi 2-qismi bilan sudlangan, 1973 yilda tug‘ilgan fuqaroning yashash xonadoni, “Turar joyda tekshirish” o‘tkazish haqidagi qarorga asosan ko‘zdan kechirilgan vaqtida, hovlisidagi bodom daraxti ostiga ko‘milgan qora polietilen paketga solingan, ko‘kimtir rangli, o‘tkir hidli, moddani saqlab kelganligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun olingan.
Namangan shahar IIO FMB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddaning sof og‘irligi 726,38 gramm bo‘lgan “Marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 25 noyabr kuni O‘z.R JKning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati