14 Aprel 2021 yil 456

“Damas”ga atalgan 7.700 AQSh dollarini shaxsiy ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan fuqaroga jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Joriy yil 4 aprel kuni, Uychi tumanida yashovchi, 1967 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 2020 yil aprel oyida Namangan shahrida yashovchi tanishi uning ishonchiga kirib, avtosalondan yangi Damas rusumli avtomashina olib berishini aytib, aldab, 7.700 AQSh dollari olib, avtomashina olib bermagani yetmay, pullarini ham qaytarib bermayotganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech