14 Iyul 2021 yil
359
“Damas” va “MAN” to‘qnashuvi oqibatida haydovchilardan biri vafot etdi.
Joriy yil 10 iyul' kuni soat 00:20 larda Toshkent-O‘sh yo‘lining 240 km.da, Pop tumani Qo‘shminor MFY hududida, Farg‘ona viloyati Rishton tumanida yashagan, 1974 yilda tug‘ilgan fuqaro Damas rusumli avtomashinasini Vodiy-Toshkent yo‘nalishida boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, shu yo‘nalishda o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan, Andijon viloyatida yashovchi, 1976 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi MAN rusumli yuk avtomashinasini orqa qismiga urilgan.
Natijada, Damas avtomashinasi haydovchisi og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati