18 Sentyabr 2021 yil 648

“Damas” urib yuborgan piyoda shifoxonada vafot etdi.

2021 yil 12 sentyabr' kuni soat 19:30 larda, Chorbog‘ MFY Shodlik ko‘chasida, Namangan tumanida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro Damas rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, Namangan tumanida yashagan, 1962 yilda tug‘ilgan ayolni urib yuborgan.

Natijada, piyoda bosh miya orqa suyagini sinishi va bosh miya og‘ir darajadagi lat yeyishi tashxisi bilan shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 14 sentyabr kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech