26 Iyul 2023 yil 200

“Damas” o‘g‘rilari ushlandi

2023-yil 22-iyul kuni Namangan shahrida yashovchi, 1978-yilda tug‘ilgan fuqaro viloyat IIB 102 tizimiga murojaat qilib, shu kunga o‘tar kechasi o‘ziga tegishli Damas rusumli avtomashinasini yashash uyi oldiga eshiklarini ochiq holda kalitini o‘zida qarovsiz qoldirib ketganligidan foydalangan nomaʼlum shaxs avtomashinasini olib qochib ketganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Avtomashina Namangan shahar G‘uncha MFY xududidan oqib o‘tgan “Shimoliy Farg‘ona kanali”dan topilgan.

Namangan viloyati IIB JQB, 2-sonli IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni Namangan shahrida yashovchi, Namangan shahridagi maktabning 9-sinf o‘quvchisi, 2008 va 2007-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan shaxslar sodir etganliklari aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan JKning 267-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech