Dam olishga borgan fuqaroning telefoni o‘g‘irlandi
2021 yil 28 iyul' kuni, Chust tumanida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 12 iyul' kuniga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, Pop tumaniga dam olish uchun borgan vaqtida “Redmi Note-5” rusumli uyali telefon apparati va “Poverbank” rusumli telefon quvvatlagichini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Pop tumani IIB JQB tezkor vakillari va JTSB kinologlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Pop tumanida yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 6 avgust kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan inoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati