29 Oktyabr 2021 yil 327

Daladagi chaylada saqlanayotgan pul o‘marib ketildi

2021 yil 20 oktyabr' kuni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 15:00 larda noma'lum shaxs, Yangiqo‘rg‘on tuman hududidagi bog‘ida joylashgan kapasiga eshik qulfini kalit tanlash yo‘li bilan ochib kirib, kapadagi yog‘och quti ichida bo‘lgan 7.700.000 so‘m pullarini o‘g‘rilab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Yangiqo‘rg‘on tuman IIB JQB boshlig‘i va tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 22 oktyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech