Dala maydonidan o‘g‘irlangan 1 bosh mol egasiga qaytarildi.
2021 yil 5 avgust kuni, Chust tumanida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu yil 29 iyul' kuniga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, Chust tumani hududidagi dala yer maydonidan qarovsiz qoldirilgan narxi 7.000.000 so‘mlik bir bosh molini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Chust tumani IIB huzuridagi TB surishtiruvchisi va JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan fuqaro tomonidan sodir etilganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Chust tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 8 avgust kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati