5 Iyun 2025 yil 376

Dala maydonida “Nasha” o‘simligini parvarishlayotgan shaxsga chora ko‘rildi

Joriy yilning 19-may kuni o‘tkazilayotgan “Qoradori-2025” tadbiri davomida, Chust tumani IIB xodimlari tomonidan, Chust tumani, “G‘ovasoy” mahallasida yashovchi, 1988-yilda tug‘ilgan, fuqaro M.E o‘ziga tegishli bo‘lgan Chust tumanining “Og‘asaroy” mahallasi hududida joylashgan dala maydonidagi ekinlar orasida 12 tup “Nasha” o‘simligini parvarishlab kelayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Chust tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech