3 Aprel 2021 yil
358
Dala hovlidan o‘g‘irlangan mol egasiga qaytarildi.
Joriy yil 31 mart kuni, Chortoq tumanida yashovchi, 1962 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat kilib, unda shu yil 30 mart kuniga o‘tar kechasi noma'lum shaxs dala hovlisidagi molxonasidan narxi 8.000.000 so‘mlik bir bosh molini o‘g‘irlab ketilganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Tuman IIB JQB tezkor vakillari va HPB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni Chortoq tumanida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan hamda daliliy ashyo olingan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati