Dala hovlidan o‘g‘irlangan buyum va zotdor tovuqlar egasiga qaytarildi.
Joriy yil 25 mart kuni Chortoq tumanida yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat qilib, unda shu kunga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, tumanda joylashgan dala hovlisidan narxi 500.000 so‘mlik suv nasosi, narxi 120.000 so‘mlik balgarka hamda umumiy narxi 2.000.000 so‘mlik 4 dona zotli tovuqlarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Tuman IIB JQB tezkor vakillari va HPB TP profilaktika inspektori tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni Chortoq tumanida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan va daliliy ashyo (suv nasosi, 3 dona zotli tovuqlar) olingan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati