Dala bog‘idan o‘g‘irlangan mol o‘g‘rilari qo‘lga olindi
2021 yil 5 iyul' kuni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1968 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 26 iyun' kuni soat 12:30 dan soat 16:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Yangiqo‘rg‘on tumani hududida joylashgan dala bog‘ida qarovsiz qoldirilgan narxi 1.500.000 so‘mlik bir bosh molini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Yangiqo‘rg‘on tuman IIB 5-sonli IIB HPMB profilaktika inspektorlari va JQB tezkor vakili tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan va Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan fuqarolar sodir etganliklari aniqlangan.
Shuningdek, o‘zlarining jinoiy harakatlarini davom ettirib, shu yil 29 iyun' kuni soat 11:00 dan soat 14:30 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan fuqaroni Yangiqo‘rg‘on tumani hududida joylashgan dala bog‘ida qarovsiz qoldirilgan narxi 3.000.000 so‘mlik bir bosh molini o‘g‘irlab ketganliklari aniqlangan.
Bundan tashqari, shu yil 3 iyun' kuni soat 11:00 dan soat 14:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan fuqaroni Yangiqo‘rg‘on tumani hududida joylashgan dala bog‘ida qarovsiz qoldirilgan narxi 4.000.000 so‘mlik bir bosh molini o‘g‘irlab ketib, Chortoq tumaniga olib borib, sotib yuborganliklari aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 7 iyul' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati