Dala bog‘idan g‘oyib bo‘lgan mol.
2021 yil 2 iyul' kuni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 1 iyul' kuni soat 01:00 dan soat 15:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs, mahallasi hududida joylashgan dala bog‘ida qarovsiz qoldirilgan narxi 3.000.000 so‘mlik bir bosh molini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Mazkur holat yuzasidan Yangiqo‘rg‘on tuman IIB JQB tezkor vakili tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 2 iyul' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati