3 Iyul 2021 yil 636

“DAF” yonib, 2 kishi halok bo‘ldi.

2021 yil 1 iyul' kuni soat 14:25 larda, Toshkent-O‘sh yo‘lining 259 km.da, Pop tumani Qo‘shminor MFY hududida, Toshkent-Vodiy yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan, Buxoro shahrida yashagan, 1985 yilda tug‘ilgan fuqaro DAF rusumli yuk avtomashinasini yarim tirkama bilan, yo‘l varaqasi orqali boshqarib borayotib harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lning o‘ng chetidagi ariqqa ag‘darilib ketib, yong‘in sodir bo‘lgan.

Yong‘in natijasida, avtomashina to‘liq yonib ketgan. Haydovchi va yonida bo‘lgan yo‘lovchi, Buxoro viloyatida yashagan, 1985 yilda tug‘ilgan fuqarolar voqea joyida vafot etganlar.

Ushbu holat bo‘yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 1 iyul' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech