“Cyber Week” targ‘ibot haftaligiga start berildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Internet tarmog‘ida sodir etilayotgan huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, Namangan viloyati hokimining 2023-yil 23-iyun kungi 240-q/23-sonli qarori hamda viloyat IIB boshlig‘ining farmoyishiga asosan Namangan viloyati hududida aholini Internet tarmog‘idagi tahdidlardan ogohlantirish, ularni kiberjinoyatlarning qurboniga aylanib qolishini oldini olishga qaratilgan “Cyber Week” targ‘ibot haftaligiga start berildi.
Bugun 3-iyul haftalikning ilk kunida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, IIV TQD Kiberxavfsizlik markazining masʼul xodimlari tomonidan boshqarmaning tegishli xizmat-soha rahbarlari, shahar-tuman IIB boshliqlarining o‘rinbosarlariga videoselektor shaklida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda haftalik doirasidagi tadbirlari rejasi bilan tanishtirilib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati