22 Iyun 2023 yil 201

“Click” ilovasi orqali pullarni o‘margan shaxs fosh etildi

2023-yil 20-iyun kuni shahar IIO FMB 2-sonli IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, shu yil aprel oyida Namangan shahrida yashovchi, 1990-yilda tug‘ilgan fuqaroning bank plastik kartasidan “Click” ilovasi orqali 400.000 so‘m va bundan tashqari 9 nafar fuqarolarga tegishli bank plastik kartasidan jami 22.255.000 so‘m pullarini yechib olgan shaxs Toshkent shahar Shayxontohur tumanida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro ekanligi aniqlangan. Undan ashyoviy dalil olingan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech