Chust va Namangan shahrida sodir bo‘lgan YTH tafsiloti
Shu yil 4 dekabr' kuni soat 19:35 larda, Namangan shahar I.Karimov ko‘chasida, Kobal't rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan ayol harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan 15 yoshli qizni urib yuborgan.
Natijada, piyoda o‘ng oyoq boldir suyagining yopiq sinishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 14 dekabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
20 noyabr' kuni soat 08:30 larda Chust tumani Laylakuya MFY hududida Neksiya rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan VAZ-2106 rusumli avtomashinasiga urilgan.
Natijada VAZ-2106 rusumli avtomashina haydovchisi bosh miya yopiq shikasti, o‘ng oyoq son suyagining sinishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Chust tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 16 dekabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati